Get Mystery Box with random crypto!

#Nasibimga.. Sen mening hayotimga shunchalar katt | Ko'rinmas hislar💕

#Nasibimga..

Sen
mening hayotimga
shunchalar katta kuch bilan kirib kelginki,
men seni undan ham
katta toʼlqin bilan seva
boshlay.

Atrofimdagi jamiki
jonli - jonsiz narsalarni sening
muhabbating bilan
koʼra boshlay.

Butun borliqni
sevib qolishim uchun
birgina sen kifoya bo'l menga.

Necha yillik
yozmagan kunlarim evaziga
Alloh seni
qalam kabi tutqazsin mening
qo'llarimga.

Butun vujudimga,
ruhimga,
balki soyamga ham
vafo qilar bo'lib kel...♡︎


http://t.me/korinmas_hislar