Get Mystery Box with random crypto!

18 Noyabr.O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilin | 𝐊𝐎ʻ𝐑𝐆𝐀𝐙𝐌𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐎𝐋𝐀𝐌𝐈

18 Noyabr.O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun.


IFTIHORIM BAYROG'IM

(tadbir uchun)

G'urur sharaf- shonimsan,
Iftihorim -bayrog'im,
Jonim ichra jonimsan,
Nomus, orim- bayrog'im.

Dilda fahrim,quvonchim,
Kelajakka ishonchim,
Qanotim ham tayanchim,
Dilda borim bayrog'im.

Vatan-chaman, bo'stonim,
Senga sodiq har onim,
Tanamda- oqar qonim,
Nurafshonim bayrog'im.

Shijoatim shaxtimsan,
Orzu, umid,ahdimsan,
Boshim -uzra baxtimsan,
Nur jahonim bayrog'im.

Hayotimning tongisan,
Hilpiraysan, mangusan,
Buyukligim ramzisan,
Sharaf-shonim bayrog'im.

Ezgulik qalbimda jo,
Qaddim tik,boshim samo,
Hilpirab tur doimo,
Jonajonim bayrog'im,

XURShID KARIM.

@Korgazmalar_olam_i