Get Mystery Box with random crypto!

KO'RGAZMALAR DUNYOSI

Telegram kanalining logotibi korgazmalar_dunyosi — KO'RGAZMALAR DUNYOSI K
Telegram kanalining logotibi korgazmalar_dunyosi — KO'RGAZMALAR DUNYOSI
Kanal manzili: @korgazmalar_dunyosi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.64K
Kanalning ta’rifi

📚 Boshlang'ich sinf õqituvchilari uchun turli tarqatmalar fayllar
📚 Har xil boshqotrmalar
📚Dars ishlanma va darsliklar
📚Testlar
Murojaat uchun👇👇👇
@korgazmalar_dunyosibot
Ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga birgalikda hissa qo'shaylik!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 105

2022-05-15 06:16:38
Xayr boshlang'ich ta'lim tadbiri uchun raqslar

@KORGAZMALAR_DUNYOSI
2.5K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:16:38
Xayr boshlang'ich ta'lim tadbiri uchun raqslar

@KORGAZMALAR_DUNYOSI
2.4K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:16:38
Xayr boshlang'ich ta'lim tadbiri uchun raqslar

@KORGAZMALAR_DUNYOSI
2.3K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:16:38
Xayr boshlang'ich ta'lim tadbiri uchun raqslar

@KORGAZMALAR_DUNYOSI
2.3K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:16:38
Xayr boshlang'ich ta'lim tadbiri uchun raqslar

@KORGAZMALAR_DUNYOSI
2.4K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:16:38
Xayr boshlang'ich ta'lim tadbiri uchun raqslar

@KORGAZMALAR_DUNYOSI
2.4K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:11:39 15 may – Xalqaro oila kuni


BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga binoan 1993 yildan beri 15 may – Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskani hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan jamiyatning o‘zagi bo‘lmish mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat, insoniylik, dahldorlik manbai ham oiladir. Qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi. Shuning uchun dinimiz ham oilaga iymon, muhabbat, ta’lim-tarbiya va baxtli hayot sari yo‘llovchi maskan sifatida qarashni vojib qilgan.

Eru xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila shunchalik mustahkam bo‘ladi, farzandlarni tarbiyalashishi to‘g‘ri olib boriladi.Ular o‘rtasida nikoh ahdining bardavom bo‘lishi va mehr-muhabbat bilan hayot kechirish erdan ham, ayoldan ham o‘ta mas’uliyatli va nihoyatda nozik munosabatlarni talab qiladi.

Bugun yoshlar orasida oilalarning buzilishi ko‘payib borayotgani sir emas. Bu masala hozirgi paytda nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo xalqlarini tashvishga solib turibdi. Bu borada davlat va jamoat tashkilotlarida juda ko‘p ilmiy anjumanlar tashkil etilyapti, tadqiqotlar o‘tkazilyapti va qarorlar qabul qilinyapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha oilada mehr-muhabbatning yuzaga kelishi va hukm surishi uchun quyidagi shartlarning bo‘lishi ko‘zda tutiladi:

oila a’zolarining bir-birini qadrlashi;

oila a’zolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi;

yaqinlik, o‘zaro yordam va o‘y-fikrlarini o‘rtoqlashish;

mas’uliyatni his qilishlari (ota-onalarning o‘z burch va mas’uliyatlarini his etishi);

qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashib, ularni hal qilishlari;

o‘zligini ifoda eta olish va baxtli yashash uchun munosib muhit yarata olish;

sog‘lom moddiy va ma’naviy hayotga ega bo‘lishlari.

Oilani mustahkamlashga xonadonning har bir a’zosi mas’ul ekanini unutmaslik lozim. Qaynonalar ham, kelinlar ham, ota-o‘g‘illar, qudalar ham bir-birlarining xatolaridan fojia yasamay, oilani asrab qolish uchun astoydil harakat qilsalar, bunday xonadon chinakam mehr-muhabbat maskaniga aylanadi.

Kanal manzili https://t.me/korgazmalar_dunyosi
2.6K views03:11
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:11:02 15 май — Халқаро оила куни

Жамиятнинг таянч устуни,
Бу даргоҳни муқаддас билинг.
Ёмонликдан авайлаб уни,
Оилангиз эҳтиёт қилинг!

Ёмон сўзу ёмон қиёдан,
Хиёнату, фахш, зинодан,
Ичкиликлар, кафу сафодан,
Оилангиз эҳтиёт қилинг!

Болангизга беринг тарбия,
Имкон бўлса, қилинг хайрия,
Улғайишсин шу юрт, шу халқ дея,
Оилангиз эҳтиёт қилинг!

Илм олсин, ўқисин китоб,
Масжид сари айласин шитоб,
Пайғамбарлар қилади хитоб:
Оилангиз эҳтиёт қилинг!

Вафо Мўмин


Kanalga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing

Kanal manzili https://t.me/korgazmalar_dunyosi
3.0K views03:11
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:07:13 2022 yil may, yakshanba

BAYRAMLAR:

- Xalqaro oila kuni
- Xalqaro iqlim kuni
- Osetin tili va adabiyoti kuni

TARIXDA BUGUN

1484 yil - Moskva Anjuman sobori Moskva Kremlida tashkil etilgan
1718-yili britaniyalik advokat James Puckle, pulemyot ixtiro qildi.
1756-yil - Shimoliy Amerikadagi mustaqillik kurashida Britaniya tomonidan Fransiyaga urush e’lon qilinishi bilan “Yetti yillik urush” boshladi.
1836 — F. Baley „Beyli nuqtasi“ni kashf etdi
1867 yil - Rossiya Qizil Xoch Jamiyati tashkil etildi
1919-yil - Grek-turk urushi boshladi. Grek qo’shinlari Izmirni bosib oldi.
1928-yili Walt Disneyning eng mashhur multqahramoni Mikki Maus haqidagi birinchi ovozsiz multfilm-“Telba samolyot” chiqdi.
1930 yil - Amerika Ellen cherkovi dunyodagi birinchi parvoz xodimi bo'ldi
1935 yil - Moskva metrosining birinchi tarmog'ining ochilishi
1945 yil - Moskva radiosi Sovinformburoning so'nggi operatsion hisobotini eshittirdi
1987 — "Energiya" raketa tashuvchisining parvozi amalga oshirildi

TAVALLUDLAR

1798 - Ivan Pushchin - rus shoiri, memuarist, dekembrist, A.S. Pushkinning litseydagi do'sti
1845 yil - Ilya Mechnikov - rus va fransuz biologi, Nobel mukofoti sovrindori
1848 yil - Viktor Vasnetsov - rus rassomi, tarixiy va folklor mavzularida rasm ustasi
1859 yil - Per Kyuri - fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori
1891 yil - Mixail Bulgakov - sovet yozuvchisi, dramaturg, teatr rejissyori
1910 yil—O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Razzoq Hamroyev.
1987 yil—britaniyalik tennischi, 2012 yilgi Olipiada chempioni, US Open 2012 musobaqasi g‘olibi Endi Marrey.

https://t.me/korgazmalar_dunyosi
3.3K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-05-14 18:31:07
OCHIQ DARS

KURS ISHI

METODIK TAVSIYA

DIPLOM ISHI

XALQARO VA RESPUBLIKA JURNALLARIDA MAQOLALAR YOZIB CHOP ETIRIB BERAMIZ.

OAK RO‘YXATIDAGI JURNALLARDA CHOP ETTIRIB sertifikat va diplom olibam beramiz.
Murojaat uchun


@Abdullayev_Shavkatjon
+998975951177
+998901511177

Izoh

Bu sertifikat va diplomlar siz uchun ustama va toifaga bal yig'ishda asos bo'la oladi.
2.5K views15:31
Ochish/sharhlash