Get Mystery Box with random crypto!

#Kun_kishisi Bugun 26-aprel O'zbekiston xalq shoiri Muhammad | KO'RGAZMALAR DUNYOSI

#Kun_kishisi

Bugun 26-aprel O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tug'ilgan kun.

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.

O’rta maktabdan so’ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so’nggi yillarida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi.

Shoir 2001 yil 47 yoshida olamdan o’tadi...

@KORGAZMALAR_DUNYOSI