Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreyada xorijiy malakali ishchilar uchun kvotalar son | KOREAN CENTER ✈️🇰🇷

Janubiy Koreyada xorijiy malakali ishchilar uchun kvotalar soni 15 barobarga oshirilib, 30 mingga yetkazildi. Sababi - kadrlar tanqisligi, deb yozdi Reuters.

28 iyun kuni hukumat yig'ilishida Janubiy Koreya adliya vaziri Xan Don Xun shunday qaror qabul qilinganini aytdi. Tanqislik asosan ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida kuzatilmoqda.

Janubiy koreyalik yoshlar bu sohalarda ishlashga intilmaydi, shuning uchun hukumat chet elliklarni faol ravishda jalb qilmoqchi.

Xorijlik ishchilar uchun moʻljallangan «E-7-4» kvota dasturi 2017 yilda joriy qilingan va dastlab 300 tani tashkil qilgan edi. 2022 yilda uning miqdori 2000 taga oshirildi. 2023 yilda hukumat 5000 ta kvota ajratishni rejalashtirgan edi, biroq ishchi kuchi yetishmasligi sababli qaror o'zgartirildi.

Janubiy Koreya Adliya vazirligi ham viza olish mezonlari yumshatilishini ma'lum qildi.

Manba : Kun.uz

KOREYS TILI MARKAZ