Get Mystery Box with random crypto!

Seul shahri yashash uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar ro'yx | KOREAN CENTER ✈️🇰🇷

Seul shahri yashash uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar ro'yxatida 9-o'rinni egalladi

Seul, qimmat shaharlar reytingida ko‘chmas mulk narxlarining oshishi sabab, o‘tgan yilga nisbatan bir pog‘onaga ko‘tarilib 9-o‘rinni egallagan

Seuldan keyin, 10-oʻrinni Tokio band qilgan. Yen'ning qadrsizlanishi sababli Tokio o'tgan yilgiga qaraganda besh pog'ona pastlagan

Nyu-York shahri jahonnning eng qimmat shaharlari ro‘yxatida 1-o‘rinni egallagan. To'rt yil davomida birinchi o‘rinda turgan Honkong bu yil 2-o‘ringa tushgan. Keyingi o'rinlarda: 3-Jeneva, 4-London, 5-Singapur, 6-Tsyurix 7-San Fransisko 8-Tel-Aviv

ECA International global konsalting kompaniyasi joriy yilning mart oyida o‘tkazgan ushbu tadqiqotida 120 mamlakatning xorijliklar ko'p istiqomat qiladigan 207 ta shahrida yashash xarajatlari - oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport harajatlari, turar-joy narxlari va ko'rsatiladigan xizmatlar narxlari kabilar tahlil qilingan.

KOREYS TILI MARKAZ