Get Mystery Box with random crypto!

​​Koreys tilida #tavsiya 'Ko'pchilik koreys tilini o'rganish | Koreys Tili 🇰🇷🇺🇿

​​Koreys tilida #tavsiya

"Ko'pchilik koreys tilini o'rganishni oson yo'li bormi? So'zlar esimdan chiqib ketaveradi. Nima qilsam bo'ladi?" kabi savollarni ko'p yo'llashadi. Bugun sizlar bilan til o'rganishdagi kulguli tajribam bilan bo'lishaman. Faqat ustimdan kulish yo'q ).

Xullas endi til o'rganishni boshlaganimda hali yosh, yettinchi osmonda uchib yuradigan qiz bo'lganman. Shunda hayolimda orzuyimdagi shag'zodam bilan gaplashib yurardim. Bilasiz, til o'rganishning asosi muloqot. Ancha foydasi tekkan. Hayoldagi shag'zodam bilan muloqotdan lavha .

안녕
안녕 여보. 널 보고 싶어. . 뭐 하니?
나도 보고 싶어. 수업을 끝났고 집에 가고 있어요. ......

Xullas shunaqa boshlang'ich daraja so'zlaridan foydalanib bo'lsa ham dialoglar tuzib gaplashsa bo'ladi. Yod olgan lug'atlaringizni gapda ishlatib ko'rmasangiz esingizdan tez chiqib ketadi.


@koreys_tili_edu
@koreys_tili_edu