Get Mystery Box with random crypto!

Barchaga 안녕 . Yodingizda bo'lsa, kanalda koreys tilida kuyl | Koreys Tili 🇰🇷🇺🇿

Barchaga 안녕 .

Yodingizda bo'lsa, kanalda koreys tilida kuylash bo'yicha tanlov o'tqazganimizda talantlarni ko'rib, to'g'risi hayratda qolgandim.

Shunday talantlar uchun bu yangilikni ulashmasam bo'lmaydi.
Xullas Koreya milliy san'at universiteti 100% grand e'lon qilgan. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Yozilish muddati: 2022-yil 30-maydan 10-iyungacha (online)
Ta’lim darajasi: Bakalavr va Magistratura

Grant nimalarni qoplaydi:
1) Bakalavr yoki magistratura dasturi boʼyicha toʼliq oʼqish qiymati toʼlanadi;
2) Oʼqish boshlanganida va oxirida avichiptalari;
3) Oylik stipendiya; (700$)
4) Til kurslari harajatlari;
5) Asosiy tibbiy sugʼurta;

Grandning maqsadi mamlakatlar oʼrtasidagi taʼlim va oʼzaro doʼstlikni yo'lga qo'yish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir. Quyidagi sohalar buyicha talabalar bakalavr va magistratura dasturlariga kirishlari mumkin: Musiqa, raqs, vizual sanʼat, dramaturgiya, film, televideniya, multimedia, koreys anʼanaviy sanʼati.

Bu grandga topshirish uchun TOPIK sertifikati bo'lishi kerak, lekin Koreys tili markazi va Sejong maktabi sertifikati bilan ham bu grandga hujjat topshirish mumkin!

Batafsil ma’lumot uchun link: https://www.karts.ac.kr/en/karts/ama.do
allimtv