Get Mystery Box with random crypto!

​​Barchaga 안녕! Koreys tilidagi qiziqarli so'zlar, faktlar yo | Koreys Tili 🇰🇷🇺🇿

​​Barchaga 안녕!
Koreys tilidagi qiziqarli so'zlar, faktlar yodimga tushib qolsa albatta sizga ilinishga harakat qilaman . Bugun ham xuddi shunday bir jumla yodimga tushib qoldi.

미역국(을) 먹다 (miyokkug(ыl) mokda) tarjimasini bilasizmi?

Yo'q! Dengiz karamidan tayyorlangan sho'rvani ichish emas! . To'g'ri so'zma-so'z tarjima qilsangiz xuddi shunday! Lek bu jumla ko'proq majoziy ma'noda ya'ni imtixondan yiqilish degan ma'noda keladi qiziq-a! Umuman bir-biriga yaqinmas ma'no .

Misol:

지수는 이번에 또 미역국을 먹었다더라.
Jisu bu safar ham yana imtixondan yiqildi

Aytgancha dengiz karamidan tayyorlangan sho'rva Koreyada ko'pincha qachon qaysi hollarda iste'mol qilinishini bilasizmi?

Kommentlarda yozishni unutmang!

@koreys_tili_edu
@koreys_tili_edu