Get Mystery Box with random crypto!

Koreys tilida #dramatime Fikrimcha ko'pchilik koreys tili o'r | Koreys Tili 🇰🇷🇺🇿

Koreys tilida #dramatime

Fikrimcha ko'pchilik koreys tili o'rganuvchilariga til o'rganish uchun motivatsiya bu Koreys seriallaridir! Shu jumladan menga ham xuddi shunday. Seriallar turtki bo'lgan!)

Anchadan buyon serial ko'rishga vaqtim bo'lmayotgan edi. Bugun taqdir taqazosi bilan Start Up deb nomlangan serialni ko'rishni boshladim (3-seriyaga kelibman). Ochig'i serialga gap yo'q. Sababi menga doimo shunday motivatsiya beradigan seriallar juuuda juda yoqqan. Masalan Dream High, Itewon class va hakozolar. Start up ham huddi shunday. Yanada jo'shqinroq yashashga, orzular ummoniga sho'ng'ishga undaydi. . Xullas tavsiya qilaman.

Xa aytgancha, ko'pchilik mendan koreys seriallarini koreys tilidagi variantini subtitri bilan qayerdan topsam bo'ladi deb so'rashadi. Men barcha seriallarni doromy.club deb nomlangan saytdan tomosha qilaman.

Yuqorida maqtagan serialimni shu ssilka orqali ko'rishingiz mumkin.
https://doramy.club/22641-2-startap.html
Albatta koreyscha variantini tomosha qiling. Shunda koreyscha talaffuz va eshitish qobilyatingiz ham rivojlanadi

@koreys_tili_edu
@koreys_tili_edu