Get Mystery Box with random crypto!

​Ana endi klaviaturangiz sozlamalarini ko‘rib chiqdingiz. Afsu | Koreys alifbosi | Rasmiy kanal ✔

Ana endi klaviaturangiz sozlamalarini ko‘rib chiqdingiz. Afsuski u yerdan "한국어"ni topa olmadingiz, yoki u yo‘q ekan, bo‘lmasa o‘z klaviaturangiz sizga ma'qul emas va siz yangisini o‘rnatishga qaror qildingiz...
Play Store'ga kirasiz va izlash joyiga "korean keyboard" – deb yozib, qidirasiz... Ana holos, birozdan so‘ng u Sizning oldingizga bir dunyo klaviaturalarni to‘kib-soladi...
Yaxshi! Hammani o‘z "did"i bor.
Istaganingizni yuklab olaverasiz!

Tabiiy-ki bir nechtasini yuklab olib, ishlatib ko‘rasiz... Keyin mendan ham ular orasida sifatlirog‘ini so‘rashingiz mumkin. Men esa hozircha Sizlarga quyidagi "ALKeyboard"ni tavsiya eta olaman.
(Afsuski, u ham ANDROID uchun... )

O‘rnatishni bilasiz. Sozlashga kelsak, klaviatura koreys tilida. Tushuna olsangiz ajoyib klaviatura (agar tushunmasangiz (quyidagi rasmda 1-2-) barcha so‘rovlarini tasdiqlab, qolganiga ekranning o‘ng-past burchagidagi qizil – "다음" tugmasini bosib ketaverasiz. Oxirida o‘sha tugma "완료"ga aylanadi. Uni ham bir marta bosasiz. Shunda u "default", ya'ni "standart" holatda sozlangan bo‘ladi).
Kamchilik yo‘q deyolmayman, ammo chiroyli dizayn va yana bir qancha qulayliklar oldida bilinmay ketadi...
Eslatib o‘taman: klaviatura ingliz(lotin) va koreys alfavitlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Siz ham o‘rnatib, ishlatib ko‘ring, yoqib qolishi tayin!
Agar yoqsa, do‘stlarga ham ulashing!
Rasmiy kanalimiz: @Koreys_alifbosi