Get Mystery Box with random crypto!

Viza haqidagi ma'lumotlarni rasmiy manbalardan oling O'zbekis | Koreya suhbatlari

Viza haqidagi ma'lumotlarni rasmiy manbalardan oling

O
'zbekistondagi Janubiy Koreya elchixonasi tomonidan viza hujjatlarini qabul qilish uchun rasman tayinlangan tur-firmalar ro'yxati 2021-08-17da yangilangan.

Viza masalalari bo'yicha eng oxirgi o'zgarish va yangiliklarning elchixona rasmiy saytida tez va to'liq berib borilishi ommaga noma'lum sabablarga ko'ra anchadan beri susayib qolgan (o'zbek tilida, koreys tilida, rus tilida).

Toshkentda vizaga hujjatlar elchixonada akkredidatsiyadan o'tgan firmalar orqali topshiriladi. Amalda vaziyat qanday bo'layotganini ular ko'proq biladi. Shuning uchun turli norasmiy kanallardagi tahmin va shaxsiy fikrlardan ko'ra hech bo'lmasa shu rasmiy firmalar bilan bog'lanib ma'lumot olgan afzal.

Eslatma Odatda elchixona tomonidan har yili yangi tanlov e'lon qilinadi va akkredidatsiyadan o'tgan firmalarning yangi ro'yxati chiqariladi. Doim eng oxirgi ro'yxatdagilarga murojaat qiling.

Qalbaki vizalarga aldanib qolmaslik uchun natijani shaxsan tekshirib ko'ring! Onlayn tekshirish: LINK

https://t.me/koreyasuhbatlari