Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar. Koreya Suhbatlari loy | Koreya suhbatlari

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar.

Koreya Suhbatlari loyihasining qamrovini kengaytirish va foydali maʼlumotlarning yana-da koʻpchilikka yetib borishini taʼminlash maqsadida loyihaga yordamchi kuch jalb etishga qaror qilindi.

@KoreyaSuhbatlari ijtimoiy loyiha boʻlib, undan hech qanday moddiy manfaat koʻzlanmagan. Loyiha rivojiga xolis hissa qoʻsha oladigan nomzoddan quyidagilarni kutamiz.

Video-montaj, SMM boʻyicha bilimi bor va muhimi ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega yordamchi xodim. Ish koʻlami juda katta emas. Shu sohalarni endi oʻrgangan, oʻz tajribasini oshirishni istaydigan nomzodlar ham koʻrib chiqiladi. Bir kunda kamida yarim soat vaqt ajratish kifoya qiladi.

Nomzodlardan mana shu eʼlon matnidan foydalanib, 30 soniya — 1 daqiqa oraligʻidagi video-mahsulot tayyorlash hamda uni oʻzingiz va talab qilingan koʻnikmalar boʻyicha tajribangiz haqidagi maʼlumot bilan birga {qabul yopildi} manziliga yuborish soʻraladi. Videoga hech qanday cheklov yoʻq. Video joʻnatish uchun oxirgi muddat 2021-yil, 31-avgust, 22:00 KST.

Qoʻyilgan vazifaga imkon qadar ijodiy yondashgan mohir mutaxassislar saralab olinadi.

@KoreyaSuhbatlari

#KoreyaSuhbatlari #КореяСуҳбатлари