Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Bugun sizlarga oʻzimiz tanigan-bilgan insonl | Koreya suhbatlari

Assalomu alaykum.
Bugun sizlarga oʻzimiz tanigan-bilgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida maʼlumot berib oʻtmoqchimiz. Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, maʼrifat ulashish yoʻlida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar boʻlgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik. Kiring, oʻqing va manfaatlaning.

Abdulaziz Muhammad — https://t.me/abdulaziz_muhammad
Yutuber va bloger Abdulaziz Muhammadning shaxsiy sahifasi. Bu sahifadan siz Qurʼon, Islom, dunyo, jamiyat va bular orasidagi ilm va kitobning oʻrni haqida qiziqarli maʼlumotlar olishingiz mumkin. Sizni siz kutmagan yangiliklar kutmoqda, obuna boʻling.

Акром Малик қайдлари — https://t.me/AkromMalik
Bu kanalda adabiyotshunos, yosh navoiyshunos olim Akrom Malikning fikr-mulohazalari, maqolalari, ijodiy asarlari eʼlon qilib boriladi.

Audiokitob ulashamiz — https://t.me/audiokitob_ulashamiz
Endi kitob oʻqishga vaqtim yoʻq degan bahonalar oʻtmaydi. Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari jamlangan kanal orqali ularni eshitib ham oʻqish mumkin.

DotsentUz — https://t.me/dotsentuzkanal
Bu kanalda asl kasbi muhandis boʻlgan ikki doʻstning dinga, siyosatga va umuman hayotga bo'lgan qarashlari, oʻqigan kitoblaridan iqtiboslar va taassurotlar yoritib boriladi.

Fikrbank — https://t.me/fikrbank
Girgitton, EDU va EDU-Sofiya va boshqa startap loyihalari asoschisi, tadbirkor va bloger Xurshid Maroziqovning shaxsiy kanali. Asosan marketing va biznesga aloqador fikrlar.

Javohir Izzatulloh | blog — https://t.me/javharuz
Oʻqituvchi, tarjimon, Biznes Boshqaruvi magistri, Koreyada faoliyat olib borayotgan vatandoshimiz Javohir Izzatullohning bu oʻtkinchi dunyoda koʻrgan-kechirganlari, musulmon oʻzbek farzandi uchun dolzarb mavzulardagi oʻziga xos fikr va mulohazalari.

Китоб – илм манбаи — https://t.me/kitaabun
Kitoblar va kitob oʻqish haqida mulohazalar, imlo qoidalari haqida sodda tilda darslar, yuqoridagi mavzularda savollaringizga javob olish imkoniyati, kitob tanlashingiz uchun "Hilol Nashr" nashriyoti musahhihi Gʻiyosiddin Muhammad Yusufdan onlayn maslahat... Barchasi shu kanalda.

Koreya suhbatlari — https://t.me/koreyasuhbatlari
Janubiy Koreyaga borish yoʻllari, oʻqish, ishlash, biznes, sayohat va boshqa viza turlari, immigratsiya tartib-qoidalari, Koreyada yashash va bu yerda chet elliklar uchun yaratilgan imkoniyatlar, koʻplab foydali hamda qiziqarli maʼlumotlar haqidagi ovozli suhbatlar.

Mayoq - videodarslar — https://t.me/mayoquz
Frontend dasturlovchi Muhammadjavohir Surʼatov asos solgan Mayoq.uz saytining rasmiy Telegram kanali. Veb dasturlash boʻyicha videodarslar, maqolalar, tarjimalar. HTML, CSS, JavaScript va boshqalar.

Muhammad Temur A'zam — https://t.me/temurazam
Kun.uz muxbiri, jurnalist, bloger, TuronLine Yutub-kanali muallifi Muhammad Temur Aʼzam shaxsiy blogi. Ijtimoiy-siyosiy, diniy mavzularda yozadi.

Nuruddin's Adventures — https://t.me/nuruddins
AyTichilar hamjamiyati eksperti, "Pro Unlimited @ Facebook" kompaniyasida Markaziy Osiyo boʻyicha mahsulot rivojlanishiga masʼul mutaxassis Nuruddin Iminoxunov shaxsiy blogi. Asosan sayohat, sarguzashtlar va xayolga kelgan boshqa narsalar haqida.

Temurbek Adhamov — https://t.me/temurbek_adhamov
Bu kanalda "Najot Taʼlim" zamonaviy kasblar oʻquv markazi asoschi va direktori, "Osmondagi bolalar" loyihasi muallifi Temurbek Adhamov ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarini oʻrtoqlashib boradi.

XSB-Iqtisod — https://t.me/XSB_iqtisod
Janubiy Koreyadagi Inha universiteti PhD nomzodi Valijon Toʻraqulovning xalqaro savdo, iqtisod, biznes, eksport-import ilmlari va oʻzlikni rivojlantirish haqidagi suhbatlari.

Yolqin Muqimov — https://t.me/YolqinMuqimov
Mir Arab madrasasi talabasi, iqtisodchi, buxgalter, repetitor, ingliz tilini 0ʻdan oʻrgatuvchi "English with Muqimov" Yutub-loyihasi asoschisi Yolqin Muqimovning shaxsiy kanali.

Ғайратхўжа Сайид Али — https://t.me/gayratkhodja_journal
Bu kanalda Azon.uz xodimi, "Alohida mavzu", "Siyosat 2.0" koʻrsatuvlari boshlovchisi Gʻayratxoʻja Gʻafforxoʻja oʻgʻlining shaxsiy fikrlari, qarashlari bilan tanishasiz.