Get Mystery Box with random crypto!

O'z-o'zingizga savol berib ko'rganmisiz?! Nima maqsadda kelgan | Koreya xabarlari

O'z-o'zingizga savol berib ko'rganmisiz?!
Nima maqsadda kelganman Koreyaga? Koreyada ayni damda o'qiyotgan yoki ishlayotgan bo'lsam, Koreyadan birinchi o'rinda nimani o'rganishim kerak ? Yoki Koreyada faqat pul ishlash uchun kelganmanmi? Ishlagan pulimni O'zbekistonda nimada ishlataman? O'qish bilan ishni muvozanati qiyin bo'lyapti o'qishni tashlasam-chi?..... kabi ko'p savollarni berish mumkin. Lekin oramizda afsuski, bu savollarga aniq javob beradiganlar kam. Shuning uchun musofir yurtda yashar ekanmiz, oldimizga tuzilgan reja, maqsad sari intilib yashasak, o'zligimizni topishga ancha yordam bo'ladi. Shu imkoniyatdan foydalanib, sizu bizga o'xshagan hozirgi kunda musofir yurtda yashayotgan 2 ta yosh vatandoshimiz kitoblarini o'qib ko'rishni tavsiya qilaman.
1. Shohbozbek Dolimovning "MAQSAD " kitobi - ushbu kitobni quyidagi havoladan bepulgina yuklab olib, o'qishingiz mumkin. 'MAQSAD' 확인 - https://play.google.com/store/books/details/SHOHBOZBEK_DOLIMOV_MAQSAD?id=cCezDwAAQBAJ
2. Sanjar Xo'ja "Qadam : maqsad, yo'l, muvaffaqiyat" kitobi. Quyida kitobni yuklab olib o'qishingiz mumkin.
※Ikkita kitobni o'qib bo'lganingizdan keyin, avvalgi "MEN" deb atagan shaxsiyatingizga o'zgarishlar sodir bo'lishiga aminman.


@Koreya