Get Mystery Box with random crypto!

O’zbek xalqi bilan koreys xalqining eng katta farqli tomoni | Koreya xabarlari

O’zbek xalqi bilan koreys xalqining eng katta farqli tomoni

1)
O’zbek xalqi jamiyatda adolatsizlik holatlarini ko’rib tursa ham, ijtimoiy tarmoqdan ko’ra amalda birlashib kurashmaydi. Kurashganim bilan foydasi yo’q deb oldindan xulosa chiqaradi.

2)Koreys xalqi jamiyatda adolatsizlikni ko’rsa darrov hamma birgalashib, bir yoqqadan bosh chiqarib kurashadi. Hozirgi paytda Koreyadagi prezidentlarning jamiyatda biron bir falokat sodir bo’lsa, birinchi xalqdan kechirim so’rashi bu xalqning adolatsizliklarga birgalashib kurashganligining natijasi deb o’ylayman.

Nimaga o’zbek xalqi birlasha olmaydi degan savolga sovet tuzumi O’zbekistonda yashayotgan turli millatlar orasida birlashmaslik uchun ko’rimsiz nizo, bir-birini ko’rolmaslik adovatlar urug’ini ekib qo’ygan deb sovet tuzumini ayblab qo’yishimiz mumkin. Lekin Ahmad Muhammad Tursunning ‘Sohilsiz dengiz’ kitobidagi Ismoil Buxoriyni ustidan tuhmat qilgan, ko’rolmagan kishilar, Allohni ko’proq tanigan diniy ulamolarning ishi ekanligi haligacha aqlimga sig’maydi. Biz sovet tuzumi kelishidan oldin inoq, birlashib ish qiladigan xalq edik degan gapni ‘Sohilsiz dengiz’ asarini o’qib bo’lganimdan keyin aytolmay qoldim........
seul_global_markazi

@Koreya