Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil martidan boshlab 2016-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha | Koreya xabarlari

2023-yil martidan boshlab 2016-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha tug‘ilgan barcha bolalar boshlang‘ich maktabga qabul qilinadilar. Asosan uy manziliga yaqin bo'lgan maktabga borishga to'g'ri keladi. Boshang’ich maktab bepul, lekin alohida ariza berilgan maktabdan keyingi mashg'ulotlar pullik hisoblanadi. Ko’p koreys oilalarga dekabr oyi atrofida maktabga qabul qilish to'g'risidagi bildirishnomalar o’sha hudud mahalla fuqarolar markazi orqali tarqatiladi.
Biroq, chet ellik ota-onalarning farzandlari Koreyada tug‘ilgan bo‘lsa ham, maktabga qabul qilish to‘g‘risida bildirishnoma yuborilmaydi, shuning uchun ular yashash joyini tasdiqlovchi hujjatlar bilan o’sha hudud mahalla fuqarolar markazi (주민센터)ga tashrif buyurishlari yoki uylariga yaqin bo’lgan maktabga to’g’ridan-to’g’ri borib maktabga qabul qilish bo‘yicha maslahat olishlari kerak. Bundan tashqari, 17 ta shahar va viloyat ta’lim bo‘limlari hamda 17 ta viloyat ko‘p madaniyatli ta’lim muassasalarida (지역다문화교육지원센터)chet ellik farzandlarning maktabga qabul qilinishlari bo'yicha maslahatlar va koreys tili darslari bilan bog'liq ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Hamma maktablar har xil, lekin bolalar boshlang’ich maktabga ertalab soat 9:00gacha borishlari kerak. Dars asosan 40 minut bo’lib, orada 10minut tanaffus beriladi. Bir kunda 4~5ta darslar o’tiladi. Tushlikdan keyin soat 13:00~14:00larda uyga borishlari kerak. Ota-onalari ishlaydigan bolalar maktabdan keyingi mashg’ulotlar, ‘boshlang’ich sinfdagi o’quvchilarga qarash’(돌봄교실) dasturi va o’quv markazlariga qatnaydilar. Ota-onalar orasida maktabdagi bepul ‘boshlang’ich sinfdagi o’quvchilarga qarash’ dasturi juda mashhur bo’lganligi uchun oldindan ariza berilgan yaxshi.

Boshlang’ich maktabning o’quv dasturi har yil mart oyidan boshlanib keyingi yil fevral oyigacha boshqariladi. Martdan~iyul oxirigacha 1-semestr va yozgi ta’til, avgust oxiridan keyingi yil yanvar boshigacha 2-semestr va qishki ta’til bilan bir yillik o’qish tugaydi.
seul_global_markazi

@Koreya