Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaq | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

#Eslatma

Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 7-19-iyun kunlari imtihonlarda ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga!

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 4661 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shulardan 4066 nafari test imtihonlarida qatnashgan.

Testda 40 balldan yuqori natija qo'lga kiritgan 1771 nafar nomzod shu kunning o‘zida malaka imtihonida (skill) ishtirok etib, ularning 1353 nafari muvaffaqiyatli o‘tgan. 51 nafar fuqaroda ko‘rish nuqsoni borligi va 367 nafar fuqaroning yetarli ball to‘play olmagani aniqlangan.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasi uchun o‘tish balli 45 ball etib belgilandi.

Imtihondan o‘tgan nomzodlar ro‘yxati

Anketani yuklab olish

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida imtihondan o‘tgan nomzodlardan anketa maʼlumotlarini faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga taqdim etishlarini so‘raymiz.

Hududiy filiallar manzillari

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt