Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga o | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasiga ruxsat etilgan tarmoqlar ko‘lamini kengayishi
hamda ishga joylashish uchun kvotalar soni oshishi munosabati bilan xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni barqaror xavfsiz ish bilan ta’minlash maqsadida tegishli tizimlar o‘zgartirilgan.

Shu munosabat bilan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi "EPS" markazi tomonidan berilgan UZEPS-23-03-sonli xatga asosan Koreya Respublikasida XIZMAT ko‘rsatish (SERVIS) sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun joriy yil 2-may (seshanba) 1 (bir kun davomida) onlayn ro‘yxatdan o‘tish hamda 6-iyul kunidan koreys tili bo‘yicha test imtihonlari boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Nomzodlar uchun muhim eslatma: Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida (avval ishlab chiqarish sanoati sohasi bo‘yicha) UBT-EPS-Topik test sinovlarida ishtirok etib, test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar xizmat ko‘rsatish sanoati imtihonlarida ishtirok etmasliklari, ishtirok etgan taqdirda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan har ikkala imtihon natijalari ham bekor bo‘lishi eslatib o‘tiladi.

ESLATMA:
EPS-TOPIK test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va hozirgi kunda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining SPAS ma’lumotlar bazasida anketa ma’lumotlarini amal qilish muddati bo‘lgan hamda ayni paytda test imtihonlarida ishtirok etayotgan fuqarolarga tavsiya etilmaydi).

Nomzodlar uchun taklif qilingan sohalar:
Foydalanilgan mahsulotlarni yig‘ish, tashish, qayta ishlash va xom ashyoni qayta ishlash, yangi turdagi va oddiy qayta ishlangan oziq-ovqatlar ulgurji savdosi,
oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari sohasi, muzxona ishlari, havo va quruqlikdagi yuklarni tashish, kitob, jurnal hamda audio materilallarini chop etish.

Manba

Bizning kanal
https://t.me/+i9dIsg7I6OgyZGIy