Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 24-aprel kuni texnik nosozlik tufayli EPS-Topik test | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

2023-yil 24-aprel kuni texnik nosozlik tufayli EPS-Topik test imtihonlarida qatnasha olmagan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o'rnatilgan tartibga ko'ra imtihon 2023-yil 5-iyun sanasiga ko'chirilganligini ma'lum qilamiz.

Eslatma: Ushbu sanada EPS-Topik UBT testini topshiruvchi fuqarolar oldingi (24-apreldagi) jadval asosida imtihonga kirishi rejalashtirilgan (ya'ni har bir fuqaroning testga kirish soati o'zgarmagan, faqat texnik nosozlik sababli kuni o'zgargan).

Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim, kech qolganlar imtihonga kiritilmaydi.
Manba

Bizning kanal
https://t.me/+i9dIsg7I6OgyZGIy