Get Mystery Box with random crypto!

Koreyada masjidlar manzilini topishning oson yo'li Kecha O' | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

Koreyada masjidlar manzilini topishning oson yo'li

Kecha O'zbekistondan Koreyaga vatandoshlar bilan uchrashuvga kelgan domlalar haqida post joylagan edik. Shundan keyin Koreyadagi masjidlar manzilini so'rab, ko'plab so'rovlar bo'ldi.

Shuningdek, vatandoshlar Koreya bo'ylab boshqa shaharga ishga, o'qishga yoki imtihonga borganda ham o'sha shahardagi masjidlar manzili kerak bo'ladi.

Buning uchun Kakao Map xarita ilovasiga "이슬람교" so'zini kiritib izlash kerak bo'ladi. Bunda sizga 50 ga yaqin masjidlar manzillarini kelib chiqadi. Pastidagi shahar nomiga qarab kerakli masjid nomini tanlab ustiga bossangiz, masjidga turli xil transportda qanday borish, rasmi, aloqa raqamlari ham ko'rsatilgan bo'ladi.

Izoh: Kakaomap ilovasiga kiritilgan ma'lumotlar masjid yangi joyga ko'chganligi kabi sabablar bilan farq qilishi mumkin.

Postni foydali deb bilsangiz, do'stlaringizga ham tavsiya qiling.

@uzbeknur_korea hammasi Koreya haqida