Get Mystery Box with random crypto!

#4176 | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷



Koreya Elchixonasi Daegu shahar hokimiyati bilan hamkorlikda KOREYA HAFTALIGI 2022 tadbirlari doirasida Koreya-O'zbekiston diplomatik aloqalari o'rnatilganligining 30 yilligiga bag'ishlangan mahsus konsert dasturi tashkil etiladi.

1-oktabr (shanba) soat 19:00da o'zbek raqs guruhi bilan birgalikda orkestr tomonidan konsert dasturi tayyorlangan. 2-oktabr (yakshanba) soat 16:00da koreys an'anaviy musiqa orkestrining alohida konsert dasturi namoish etiladi.

Koreya hamda O'zbekistonning 30 yillik do'stligiga bag'ishlangan bu galgi konsertga barchangizni taklif etamiz va faol ishtirok etishingizni so'raymiz.

Konsertga kirish bepul va konsertdan so'ng kichik dasturxon tayyorlanadi.

Janubiy Koreyadagilar va endi bormoqchi boʻlganlar ushbu kanalga kiring
t.me/koreyadagi_yurtdoshlar