Get Mystery Box with random crypto!

23 - 27 sentabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining 16ta u | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

23 - 27 sentabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining 16ta universiteti vakillari bilan Til kursi l Bakalavr l Magistratura dasturi uchun qabul suhbatini e`lon qilganimizdan so`ng doimgidek minglab obunachilarimizdan savollar kelmoqda!

Savollar ko`pligi lekin vaqt ozligi uchun ko`p berilgan savollarga bitta qilib javob berishga qaror qildik. Shu sababdan, YAXSHILAB O`QIB CHIQING VA SAVOLINGIZGA JAVOB TOPOLMASANGIZ BIZGA MUROJAAT QILING.

Savol:
Bu qaysi universitetlar?

Javob:

Busan University of Foreign Studies -
Busan
Chung-Ang University - Seoul
Daewon Science College - Jecheon
Duksung Women's University - Seoul
Hannam University - Daejeon
Konkuk University - Seoul
Korea Lift College - Geochang
Kunjang College - Gunsan
Mokwon University - Daejeon
Pai Chai University - Daejeon
Pusan National University - Busan
Sejong University - Seoul
Semyung University - Jecheon
Sogang University - Seoul
Sungshin Women`s University - Seoul
University of Seoul - Seoul

Qora rangda ko`rsatilgan universitetlar uchun KDB bankshot va ota ona yillik daromad viza uchun talab etilmaydi.

Savol:
Qabul qachon va shartlari qanday?

Javob:

23 va 24 sentabr kunlari offline suhbat bo`lib o`tdi, xozirda 26 va 27 sentabr kunlari offline suhbat bo`lib o`tadi. Online suhbatimiz 28 sentabr kuni bo`lib o`tadi lekin internet sifati yaxshi bo`lmasa qabul qilinmaydi.

Til kursi - IELTS yoki TOPIK sertifikatlari talab etilmaydi, litsey, kollej yoki maktabni tamomlaganiga 2 yildan oshmagan bo`lish shart.

Bakalavr l Magistratura - IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 sertifikatlari talab etiladi, litsey, kollej, maktab yoki universitetni tamomlaganiga 2 yildan oshmagan bo`lish shart.

Suhbatdan o`tolmaslik xolati yo`q lekin qaysi universitetga qabul qilinish suhbatdan so`ng salohiyatingizga qarab belgilanadi.

Savol:
Suhbatda ishtirok etish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Javob: - Pasport (qizil/yaxshil originali)

Savol:
Firma to'lovi qancha va oldindan to`lovlar bormi?

Javob:
Suhbatda ishtirok etish to`lovi 500.000 so`m, suhbatdan so`ng qabul qilingan universitetingiz va shartnoma shartlari sizga ma`qul kelsa 1.500.000 so`m to`lov qilinadi. Qolgan firma to`lovlari natijadan so`ng amalga oshiriladi va tanlangan dasturga qarab belgilanadi.

Savol:
Grant dasturlari bormi?

Javob:
Albatta, salohiyatingiz va sertifikatingizga qarab to`liq va qisman grantlar va stipendiya olish imkoniyatingiz bor.

Savol:
Bu suhbatda ishtirok etishning nima afzalligi bor?

Javob:
16ta universitet vakillari bilan to`gridan to`gri suhbat asosida qabulda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz ya`ni barcha hujjatlaringiz tayyor xolatda bo`lsa oylab invoice yoki viza kutilmaydi.

Savol:
Manzil qayerda yoki lokatsiya bormi?

Javob:
"Geekstudyedu Consulting" firmasining manzili!

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh ko`chasi, 65
Mo'ljal: Hamid Olimjon metro bekati (100M)

Geolokatsiya

Murojaat uchun:

+998332702540 | Yozish
+998333702540 | Yozish
+998334702540 | Yozish
+998335702540 | Yozish

Youtube l Instagram l Tik Tok l Telegram