Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasi Mehnat me'yorlari qonunining 53-moddasiga | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

Koreya Respublikasi Mehnat me'yorlari qonunining 53-moddasiga binoan, ish beruvchi va ishchi o‘zaro kelishuviga asosan, ishchi qoʼshimcha mehnat qilishi mumkin, ammo qo‘shimcha ish soati haftasiga 12 soatdan oshmasligi kerak.

Koreya hukumati ish o‘rinlarini ko‘paytirish maqsadida haftalik qo‘shimcha ish vaqtini qisqartirmoqda!

Haftalik me'yoriy ish kuni 5 kun, kunlik ish soati 8 soat (5 kun × 8 soat) 40 soat bo‘lib, qo‘shimcha ish vaqti 12 soatdan oshmasligi kerak.
Jami haftalik ish soati (me'yoriy 40 soat + qo'shma 12 soat) 52 soatdan oshmasin deb mehnat qonunida belgilangan.

Bu qonun mahalliy ishchilarga ham chet ellik ishchilarga ham barobar qo‘llaniladi.
Qonunni  buzgan ish beruvchilar va ishchilar barobar jazolanadi.

Eslatma:
Ishchilar soni 5 nafardan 30 nafargacha ega bo‘lgan korxonalar 2022-yil 31-dekabrgacha qo‘shimcha ish soati 12 soatga (+8soat ) yana qo'shilib haftasiga 20 soat qo‘shimcha mehnat qilishlari mumkin. Ra'no opa

Janubiy Koreyadagilar va endi bormoqchi boʻlganlar ushbu kanalga kiring
t.me/koreyadagi_yurtdoshlar