Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreya 'Farovonlik indeksi' bo'yicha dunyoda 20-o'rind | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Janubiy Koreya "Farovonlik indeksi" bo'yicha dunyoda 20-o'rinda

AQShning "Social Progress Imperative" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan e'lon qilinagan ushbu reytingning 1- o'rinida Shvetsariya joy olgan, kuchli beshlikka Norvegiya, Daniya, Islandiya va Germaniya kirgan. O'ntalikda Finlyandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Kanada va Avstriya joylashgan.

Janubiy Koreya 30 yil ichida 17 pog‘ona yuqorilab, 170 davlat orasida 20-o'rinni band etgan. Yaponiya 16-o‘rinni egallab, Osiyo davlatlari orasida peshqadam bo'lgan.

AQSH 31-oʻrin, Xitoy 107-oʻrin, Shimoliy Koreya 149-oʻrindan joy olgan. Reytingning oxirida Afrika davlatlari joylashgan bo'lib, ro'yxatni Janubiy Sudan yakunlagan.

Reyting 170 ta davlatning 2020-yilgi Ijtimoiy taraqqiyot indeksi (SPI) asosida tuzilgan bo'lib, “Insonning asosiy ehtiyojlari” (oziq-ovqat va suv), “Uzoq muddatli rivojlanish poydevori” (taʼlim, sogʻliqni saqlash) va “Imkoniyatlar” (huquq va erkinliklar) kabi farovonlik toifalarini qamrab oluvchi 52 ta band bo‘yicha baholashga asoslanadi hamda mamlakatlarning iqtisodiy holatinigina emas balki, mamlakatlar aholisini farovonlik darajasini ko'rsatishni maqsad qilgan.


Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshl