Get Mystery Box with random crypto!

Koreyada noqonuniy yurganlar soni rekord darajaga yetdi. 2023 | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreyada noqonuniy yurganlar soni rekord darajaga yetdi.

2023 yil mart oyi oxirida Koreya Respublikasi hududida noqonuniy yurgan xorijliklar soni yangi rekord darajaga — 414 045 kishiga yetdi. Adliya vazirligining 26 aprel kuni e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy ko‘rsatkich fevral oyiga nisbatan 9015 taga ko‘p.
2022 yil sentabr oxirida noqonuniy yurganlar umumiy soni birinchi marta 400 ming kishidan oshib, 402 755 kishiga yetgandi.
Mart oyi oxirida Koreyada jami 2 million 335 ming 595 nafar xorijlik borligini inobatga olinsa, ularning deyarli beshdan biri noqonuniy yurganlarga to‘g‘ri kelyabdi.

Noqonuniy yurgan xorijliklarning aksariyati E-9 ish vizasi, D-2 va D-4 oʻqish vizalari va G-1 vizasi bilan kelgan.



Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar