Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga o | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

2023-yil 14-martdan 7-aprelgacha Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan tashkil etilgan EPS-Topik test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar uchun 2023-yil 9-13-may kunlari malaka testi (Skill test) bo‘lib o‘tadi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 3428 nafar fuqarolar joriy yil 9, 10, 11,12 va 13-may kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosida bo‘lib o‘tadigan malaka (Skill test) imtihoniga kelishlari talab etiladi.

Imtihonga kirish vaqti va sanasini ko‘rish

Manzil: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

Nomzodlardan faqatgina fuqarolik va xorijga chiqish pasportlari talab etiladi:

Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
2. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
3. Belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
4. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya Skill testi o‘tkazilmaydi.
5. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
6. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning imtihon natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55


Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar