Get Mystery Box with random crypto!

Koreyadagi haydovchi yurtdoshlarimiz diqqatiga Bugun, 22-A | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreyadagi haydovchi yurtdoshlarimiz diqqatiga

Bugun, 22-Apreldan boshlab Koreya politsiyasi "o'ngga burilish" qoidasini ijrosi uchun keng miqyosda nazorat tadbirlarini boshladi. Bu qonun joriy yil 22-yanvardan boshlab ishga tushgan, ammo shu vaqtgacha "reyd" qilinmay kelinayotgan edi.

Qonunni buzganlar 200.000 wongacha jarimaga tortilishi yoki, 30 kungacha muddatga hibsga olinishi mumkin.
Ammo, "Yo'l harakati to'g'risidagi" qonunning "Qoidabuzarlikka aloqador maxsus holatlarni ko'rib chiqilishi" (‘범칙행위의 처리에 관한 특례’) ga asosan belgilangan jarima (범칙금) ni to'lanadigan bo'lsa, bundan boshqa, yuqorida aytib o'tilgan (200.000 wongacha jarima yoki hibsga olinish) jazolardan ozod etiladi.

범칙금 - Jarima miqdori quyidagicha:
yuk mashinalari uchun - 70.000won
yengil mashinalar uchun - 60.000won
mototsikllar uchun - 40.000won

‘우회전 일시정지’ - "o'ngga burilish" qoidasini eslatib o'tamiz:

o'ngga burilish signali bilan jihozlangan svetoforning qizil chirog'i yonib turgan vaqtida o'ngga burilish taqiqlanadi. Faqat yashil o'ngga burilish signali yonganida burilishingiz mumkin.

O'ngga burilish signallik svetofor o'rnatilmagan joylarda, qizil chiroq yongan vaqtda albatta avvalo to'xtashingiz kerak, keyin piyodalar bor-yo'qlini tekshirgandan so'ng o'ngga burilishingiz mumkin.

Agar, o'ngga burilishni boshlab bo'lgan bo'lsangiz ham, "zebra" dan piyoda o'tayotganini ko'rsangiz darhol to'xtashingiz shart.

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar