Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘rta | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan EPS-Topik UBT test imtihoni to‘g‘risida

Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning ikkinchi guruhi uchun Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan EPS-Topik UBT test imtihoni 2023-yil 13-apreldan 2-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

Imtihon manzili:
Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.
Mo‘ljal: Mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish respublika kurslari binosi.

Lokatsiya

Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro‘yxati

Imtihonga kirishda so‘raladigan hujjat va maʼlumotlar:

Xorijga chiqish pasporti;
3,5 x 4,5 hajmdagi sifatli oq fonli rangli fotosurat (2 dona).

Bilishingiz kerak bo‘lgan maʼlumotlar:

Imtihon haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanallari orqali taqdim etilyotgan maʼlumotlardan boshqa xabarlarga ishonmaslik so‘raladi.
Xorijga chiqish pasportini olib kelmaganlar imtihonga kiritilmaydi.
Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Belgilangan sana va vaqtdan kech qolganlar imtihonga kiritilmaydi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta appelyatsiya EPS-Topik UBT test imtihoni o‘tkazilmaydi.
Imtihonda elektron vositalardan (mobil telefon, elektron soatlar, shpargalkalar va hokazo) foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzod 2 yil davomida test imtihonida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Imtihon vaqtidagi har bir nojo‘ya harakat videokuzatuv kamerasi orqali aniqlanib boriladi.

Imtihon chet el vakillari ishtirokida o‘tkazilayotganini inobatga olib, navbatga rioya qilish, tartibli bo‘lish, shovqin qilmay, boshqa fuqarolar manfaatiga putur yetkazmaslik so‘raladi.

Eslatib o'tamiz, nomzodlarning birinchi guruhi uchun test imtihoni 14-martdan 7-aprelgacha bo‘lib o‘tmoqda.

Batafsil ma’lumotni telegram kanalimiz orqali malumot beramiz.

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar