Get Mystery Box with random crypto!

​​#visa E-7-4 vizasi uchun 2023-yil 1-choragi dastlabki natij | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

​​#visa

E-7-4 vizasi uchun 2023-yil 1-choragi dastlabki natijalari e'lon qilindi

4-aprelda e'lon qilingan natijalarga ko'ra, bu safar eng kam o'tish bali 74 balni tashkil qildi.

Yuqoridagi pdf faylda dastlabki natijalarga ko'ra tanlab olingan 625 nafar arizachining raqami berilgan. 

Natijalardan norozi har bir arizachi qayta ko'rib chiqish uchun shikoyat topshirish huquqiga ega bo'lib,
- shikoyat topshirish muddati 2023.04.04~04.11 gacha davom etadi.
Shikoyatlarni ko'rib chiqilishi davomida arizachilarning ballari o'zgarishi mumkin, shunga ko'ra ushbu ro'yxat ham o'zgarishi mumkin.

Natijalar: 17-aprel (dushanba) sanasida e'lon qilinadi.

#Eslatma, E-7-4 (숙련기능인력) vizasi ballik tizim asosida beriladigan viza bo'lib, oxirgi marta o'tgan yilning 4-choragidagi o'tish bali 69 balni tashkil qilgan edi. Bir xil bal to'plaganlar orasidan- avval qonunni buzmaganligi, koreys tili darajasi, amaldagi viza muddati kamligiga qarab saralanadi.

Bu yilgi rejaga ko'ra, har bir chorakda avvalgilari (250 kishi) dan farqli, anchagina ko'p - 625 kishidan 4 chorakda jami 2500 kishi, bundan tashqari yil davomida yana 2500 kishi tanlab olinadi. Shu yil umumiy xisobda 5000 kishi E-7-4 vizasini olish imkoniga ega bo'ladi.

Bu yilga rejalashtirilgan E7-4 vizasi berilishi tartibi haqida keyingi maqolamizda batafsil yozamiz.

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar