Get Mystery Box with random crypto!

EPS-Topik test imtihonida noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxslar | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

EPS-Topik test imtihonida noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, fuqaro Sh.I. maxsus vositani testga olib kirishga hamda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar A.F., S.N. va E.R. o‘rniga boshqa fuqarolar kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar