Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet elliklarga modernizatsiya qilingan guvohnomalar berilad | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

​​Chet elliklarga modernizatsiya qilingan guvohnomalar beriladi.

Bugun Koreya Respublikasi Adliya vazirligi joriy yilning 1 aprelidan boshlab mamlakatda uzoq muddatli vizada bo‘ladigan xorijliklarning shaxsiy guvohnomalari dizayni o‘zgartirilishini ma’lum qildi.

Qora va oq rangli fotosurat rangli fotosurat bilan almashtiriladi va uning hajmi 35% ga oshiriladi.

Surat plastik kartaning chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tkaziladi.

Shuningdek, hujjat egasining jinsini raqamli belgilashni bekor qilishga qaror qilindi.

13 xonali identifikatsiya raqamida ettinchi raqam jinsni bildiradi. 5 va 7 raqamlari erkaklar, 6 va 8 raqamlari esa ayollardir.

Har bir chet el fuqarosiga hujjatda ko'rinadigan individual QR-kod beriladi.
QR-kodni mobil telefon kamerasi ilovasi bilan skanerlash orqali xorijlikning ro‘yxatga olish raqami, ismi-sharifi, mamlakati va hududi, yashash joyi holati va berilgan sanani tekshirish mumkin bo‘ladi.

Adliya vazirligining tushuntirishicha, muqaddam berilgan xorijliklarni ro‘yxatga olish kartalari ular yo‘qolguncha yoki egasining yashash joyi o‘zgarmaguncha amal qiladi.

Yangi Chet ellik ro‘yxatga olish kartasini olishni xohlovchilar uni hozirda foydalanayotgan kartasini qaytarib, 30 000 von to‘lagandan keyin olishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotni telegram kanalimiz orqali malumot beramiz.

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar