Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasidagi ish beruvchi kompaniyalar va mehnat mi | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreya Respublikasidagi ish beruvchi kompaniyalar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agetnligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi xodimlari "Hansong Gold Panel Co., Ltd." tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Ish beruvchi tashkilot mutasaddilariga vakolatxona faoliyati, o'zbekistonlik mehnat migrantlarining afzalliklari haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Mazkur korxonada ishlayotgan yurtdoshlarimizning yashash va ish sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazilib, takliflar tinglandi, ularga huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, bir ish beruvchi bilan qonuniy tartibda uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish kelgusida vatandoshlarimizning Koreya davlatiga kirib kelishi kvotasining yanada oshishiga ta'sir qilishi tushuntirildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar