Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini a | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning ish va yashash joylari yuzasidan doimiy ravishda monitoring o'tkazilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi Vakolatxonasi vakillari tomonidan E-9 vizasi asosida "Sangil Hitech" korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi.

Fuqarolarimizning mehnat jarayoni davomida yuzaga kelgan savollariga mas'ullar tomonidan javob berilib, qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi.

Ayni paytda ish beruvchi tomonidan mazkur korxonaga o'zbekistonlik fuqarolarni yanada ko'proq jalb qilish rejasi borligi ma'lum qilinib, mehnat sohasida doimiy hamkorlikka tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar