Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini am | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz hamda ish beruvchi tashkilot vakillari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari "Hansung Shiropl" korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Monitoring davomida tashkilot mehnat hafvsizligi talablariga javob berishi, qulay yashash va taomlanish sharoitlari bilan ta'minlanganligi ma'lum bo'ldi.

Ish beruvchi tashkilot rahbarlari yurtdoshlarimizning mehnatlarini e'tirof etib, ular bilan mehnat faoliyatini olib borishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, o'zbekistonlik yana besh nafar fuqarolar bilan mehnat shartnomasi imzolangani va yaqin kunlarda ularning ish faoliyatini boshlashi kutilayotgani ish beruvchilar tomonidan mamnuniyat bilan qayd etildi.


Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar