Get Mystery Box with random crypto!

Inchon xalqaro aeroportida Korean Air yo‘lovchi samolyotidan o | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Inchon xalqaro aeroportida Korean Air yo‘lovchi samolyotidan o‘q-dorilar topildi

Inchon aeroporti politsiyasining maʼlum qilishicha, 10-mart kuni ertalab soat 8:05 da Incheon xalqaro aeroportida Korean Air yoʻlovchi samolyotida haqiqiy oʻq-dorilar topilganligi haqida 112 raqamiga xabar kelib tushgan.

Aytilishicha yo‘lovchilardan biri o‘rindiq ostidan o‘q-dori topib olgan va styuardessaga xabar bergan.

Samolyot ertalab soat 7:45 da Filippin poytaxti Manilaga jo‘nab ketishi kerak edi, biroq havoga ko‘tarilishidan oldin terminalga qaytgan.

Shundan so‘ng samolyotdan 230 kishi, jumladan 218 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi evakuatsiya qilingan.

Politsiya mulozimining aytishicha, "Politsiyaning terrorizmga qarshi kurash bo'yicha tezkor guruhi hamda portlovchi moddalar bo'yicha maxsus harbiy bo'linma qidiruv ishlariga jalb qilingan".

Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar