Get Mystery Box with random crypto!

Koreya , ehtimol tarixdagi eng kuchli tayfunni kutmoqda . Bugu | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

Koreya , ehtimol tarixdagi eng kuchli tayfunni kutmoqda . Bugungi prognozlarga ko'ra , joriy yilning 11 - to'foni , dahshatli Xinnamno ( Hinnamnor ) 5 sentyabr kuni kechqurun Seogvipodan ( Chedju oroli ) 180 km uzoqlikda o'tadi . Bu vaqtda uning kuchi 3 - daraja - " juda kuchli " bo'ladi . 6 - sentabr kuni ertalab soat 9 larda to'fon Pusandan atigi 20 km uzoqlikda o'tishi kerak va uning kuchi eng yuqori , 4 - darajaga ega bo'ladi - " super kuchli " . Bu kuni tayfunning markaziy bosimi 950 hPa , shamol tezligi esa taxminan 43 m / s ( 155 km / soat ) bo'lishi kutilmoqda . Butun mamlakat bo'ylab kuchli shamollar ( tezligi 15 m / s dan ) bo'ladi , Yeongnam va Jeonnam 25 m / s tezlikda bo'ronli shamollarga duch keladi . Ayni damda tayfun dengiz ustida Tayvandan 320 km uzoqlikda harakatlanmoqda va Koreyaga qarab kuchaymoqda . Tahlilchilarning ta'kidlashicha , hozircha Xinnamnoning kuchini zaiflashtiradigan omillar yo'q . O'zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling !

t.me/koreyadagi_vatandoshlar