Get Mystery Box with random crypto!

D-2 VIZADAGI TALABAR ENDI E-9 VIZASIGA O’TISHI MUMKIN. Endili | Koreyadagilar

D-2 VIZADAGI TALABAR ENDI E-9 VIZASIGA O’TISHI MUMKIN.

Endilikda D-2 vizasi bilan koreayaga kelgan talabalar asosan korhona va zavod ishchilari uchun beriladigan E-9 vizasiga o’tib olishlari mumkin bo’ladi.
Chet ellik ishchilar bilan shug’ullanuvchi qo’mitani taklifiga binoan 2022-yilning ikkinchi yarmidan boshlab ushbu qonun avval tajriba sifatida qo’llanishi taklifi kiritildi. Ushbu viza o’zgartirish uchun qo’yilgan talablar quidagicha:

D-2 talabasi koreyadagi mahalliy universitet bitirgan bo’lishi lozim va EPS tizimiga a’zo davlatlar fuqarosi bo’lishi kerak. Eslatib o’tamiz O’zbekiston ham bu tizimga a’zo va doimiy E-9 vizadagi ishchilarni koreyaga ishlash uchun jo’natib keladi.

Talaba D-10 vizasida ya’ni ish qidirish vizasida yurgan vaqt mobaynida o’z sohasida doir professional ish topa olmaganligini ko’rsatishlari lozim bo’ladi.

Yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo’lganlar;

Koreada ishtiqomat qilish mobaynida jinoiy ish sodir etmaganligi va deportatsiya bo’lmaganligi;

Universitetda o’qish mobaynida noqonuniy ishlamaganligi;

Baholari o’rtacha C (4.5 baholar systemadida 1.7~2.0);

TOPIK kores tili darajasi 3 yoki undan yuqori;

3 oydan oshiq muddat mobaynida professional sohada ish qidirib ko’rganligi;

D-2 vizasidan E-9 vizasiga o’tuvchilar soni cheklangan bo’lib, bu umumiy chet ellik ishchilarlarning 10%dan oshmasligi kerak. Bu degani dastlabki yil uchun ajratilgan quota o’rtacha 5000-6000taga to’g’ri keladi. Tizim yaxshi natija bersa quotalar soni keyinchalik o’zgartirilishi ko’zda tutilgan.
Ushbu qonun tizimi tegishli davlatlar bilan birgalikda ko’rib chiqilgandan so’ng ikki tomonlama ishchilarni taminlash qonunlariga kerakli o’zgartirishlar kiritilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bu ro’yhatdan O’zbekiston bilan bir qatorda yana 15 davlar mavjud. Bular Filippin, Mongiliya , Shrilanka, Vietnam, Tayland, Xitoy, Indonesiya, Pokiston, Kambodiya, Bangladesh, Qirg’iziston, Laos va Sharqiy Timor.
D-2 dan E-9 vizaga o’tishning manfaatli jihatidan biri bu talabalarning keyinchalik F-2-4 ballik tizimi orqali yetachlicha ball to’plagan talabalar F-2 vizasiga o’tib olishlari mumkin. Odatiy holatda E-9 viza egalari bu ballik systema orqali topshira olishmaydi. Lekin talabalarning Koreyada universitetni bitirganini hisob olib bu yo’l bilan ham doimiy yashash vizasini olish imkoniyati berilgani ko’pchilik uchun yaxshi habar bolfi

Bu qonun va tizim 2022 yilning ikkinchi yarmida amaldan qo’llanishini hisob