Get Mystery Box with random crypto!

Uzoq muddatli vizalarga qabul qayta tiklanishi haqida Viza be | Korean School

Uzoq muddatli vizalarga qabul qayta tiklanishi haqida

Viza berish uzoq muddat to'xtatilgani sababli tekshiruvda bo'lgan hujjatlar ko'payishiga olib kelib, viza tekshiruvi uchun ko'p vaqt talab qilinmoqda. Yuqorida aytib o'tilgan vaziyatlarni hisobga olgan holda Koreyaga tashrif rejangizni tuzishingizni so'raymiz!
1.Koreya Respublikasi COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq vaziyatni hisobga olgan holda, barcha chet ellik fuqorolar uchun qisqa muddatli turizm, qarindoshlarga tashrif kabi vizalarga qabulni, istisno holatlardan tashqari, cheklov o'rnatilgan.
Ketishdan 5 kun oldin begonalar bilan aloqani cheklab, shamollash alomatlari bo'lsa, reysni boshqa kunga ko'chirib, Elchixona tomondan bir necha bor e'lon qilingan COVID-19 karantin qoidalariga rioya qilib, tiklangan viza berish jarayoni qayta cheklanmasligi uchun hamkorligingizni so'raymiz.
Shu kunga qadar Koreya Respublikasi hukumati tomondan joriy qilingan karantin cheklovlariga ochiqchasiga e'tiroz bildirgan shaxslar yoki ular fikrini ma'qullagan shaxslarning hujjatlari pandemiya yakunidan so'ng ko'rib chiqiladi.
E'lon berilgan bo'lishiga qaramay, bir xil savol bilan murojaat mazmunidagi telefon qo'ng'iroqlarini ko'pligi, viza ishlari bo'yicha mas'ul xodimlarning viza hujjatlarini tekshiruv muddatini cho'zilishga olib kelmoqda. Elchixona sayti yoki akkreditatsiyadan o'tgan sayyohlik agentliklariga murojaat qilib kerakli ma'lumotni olishingiz mumkin.

Manba: O'zbekistondagi Koreya Respublikasidagi elchixonasi

@koreya_maktabi