Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT Immigratsiya reydlari Koreya Adliya vazirligi immigra | 🇰🇷KOREAN TOPIK CHANNEL( AYUPOV ISLOM )🇰🇷

DIQQAT Immigratsiya reydlari

Koreya Adliya vazirligi immigratsiya xizmati yordamida 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab oktyabrgacha 2 oy davomida quyidagilarga qarshi yo'naltirilgan reydlarini kuchaytiradi:

pochta (tekbe) va yetkazib berish (bedal rayderlar) sohasida noqonuniy ishlayotganlar,
noqonuniy taksi xizmatini ko'rsatuvchilar,
mavsumiy ishchi vizasi (E-8) bilan Koreya kelib, ish joyini tashlab ketganlar,
chet ellik talabalarni noqonuniy ishga joylashtirish bilan shug'ullanayotganlar (o'rtakashlar, noqonuniy brokerlar).

Yaqinlarni ogohlantirib qo'yamiz.

Xabar tarjimasi Salom Koreya kanalidan, manbasi esa Adliya Vazirligining feysbukdagi rasmiy sahifasidan

@KOREAN_TOPIK_CHANNEL