Get Mystery Box with random crypto!

#발음해_봅시다 .ㄱ harfi padchimda kelib keyingi bo’g’in ㄴ | Korean_grammar_time

#발음해_봅시다

.ㄱ harfi padchimda kelib keyingi bo’g’in ㄴ bilan boshlansa ㄱ harfi NG o’qiladi
보기 : 작년ㅡ(장년) o’tgan yil

ㄱ harfi padchimda kelib keyingi bo’g’in ㄹ bilan boshlansa ㄱㅡ NG,ㄹㅡ N talaffuz qilinadi
보기: 독립ㅡ(동닙) mustaqil

ㄴ undoshi ㄹ undoshidan oldin yoki keyin kelsa ikkala undosh ham L talaffuz qilinadi.
보기: 달나라ㅡ(달라라) oymomo
물난리ㅡ(물랄리) suv toshqini

So'zda ㄱ,ㅁ,ㅇ undoshlaridan keyin ㄹ undoshi kelsa N o'qiladi
보기 : 석류ㅡ(성뉴) anor (yuqoridagi 2-qoidaga muvofiq birinchi bo'g'in padchimidagi ㄱ ham NG bo'lib o'qilyapti)

음료수ㅡ(음뇨수) salqin ichimlik
동료ㅡ(동뇨) hamkasb

Bo’g’in ostida ㄷ,ㄸ,ㅌ,ㅅ,ㅈ,ㅊ,ㅎ harflari kelib, undan keyingi bo’g’in ham huddi
shu harflardan birortasi bilan boshlansa, bo’g’in ostidagisi T o’qiladi:
보기: 따뜻하다(따띁하다) ㅡ iliq
비슷하다(비슽하다) ㅡ o’xshash

ㄷ,ㄸ,ㅌ,ㅅ,ㅈ,ㅊ,ㅎ ushbu harflar bo’g’inni yakunlab kelsa, hammasi T o’qiladi:
보기: 낮(낱) ㅡ kunduz
빛(빝) ㅡ nur

ㅅㅡ s, ㅈㅡ ch,j ㅊㅡ ch ㅎㅡ h ㅆㅡ ss harflari so’z o’rtasida kelib keyingi
bo’g’in undosh harf bo’lsa ㅅㅡ s ㅈㅡ ch,j ㅊㅡ ch ㅎㅡ h ㅆㅡ ss harflari
(talaffuz qilinmaydi ) O’zidan keyingi undoshga qarab kuchaytirib
Ikkilantirib o’qiladi:
보기 : 몆개ㅡ(멱개/ 며깨) nechta
좋다ㅡ(졷다/ 조따) yaxshi
있니ㅡ(인니) bormi

Yanayam oddiyroq qilib aytsa, bo'g'in ostida shu 5ta undosh bo'lib undan keyingi bo'g'in ham undosh bilan boshlansa, bo'g'in ostidagi undosh o'zidan keyingi undosh kabi talaffuz qilinadi.

Yuqoridagi koreys tilida soʻzlarni oʻqilish qoidalari bilan toʻliq tanishib chiqdik. Postni yaxshilab oʻqib koʻrib yodlab olamiz. Chunki talaffuzda muammo boʻladigan boʻlsa gaplaringizni Kareyada tushuntirolmay qiynalishinguz mumkin.

@Korean_grammarr

Asosiy kanalimiz.
@Koreystili_TOPIK_EPSTOPIK