Get Mystery Box with random crypto!

연습 1-mashq Berilgan mahsulotlarni sanoq- miqdor soʻzlari bi | KOREYS TILI DARSLARI (boshlangʻich)

연습
1-mashq
Berilgan mahsulotlarni sanoq- miqdor soʻzlari bilan yozib gap tuzing. Qavs ichidagi raqamlar ularning nechtaligini bildiradi.
1) 커피 (1), 맥주 (1)
커피 한 잔하고 맥주 한 병 주세요.
1 stakan kofe bilan 1 shisha piva bering.


2-mashq
-(으)ㄹ까요 va -(으)ㅂ시다 qoʻshimchalaridan foydalanib mashqni bajaring.
가: 무엇을 공부할까요?
나: (한국어) 한국어를 공부합시다
- Nimadir oʻrganamizmi?
- Koreys tilini oʻrganaylik.


3-mashq
-에게 ... 주다/ -꼐 ... 드리다 gap strukturasi asosida tuzilgan mashq.
Savollarga javob yozing.
Namuna:
가: 철수 씨는 영희 씨에게 무엇을 줍니까?
나: 철수 씨는 영희 씨에게 꽃을 줍니다.
-Cholsu Shi Yonghi Shiga nima berayapti?
-Cholsu Shi Yonghi Shiga gul beryapti.

연습
1-mashq
Mavzuga oid matndan foydalanib savollarga javob bering.

2-mashq
Javoblar yozilgan, ularga mos savol tuzing. Savollar -(으)ㄹ까요 qoʻshimchasi bilan tuzilgan boʻlsin.
Namuna:
가: 시장에 갈까요?
나: 네, 시장에 갑시다.
-Bozorga boramizmi?
-Ha, bozorga boraylik.

3-mashq
Rasmlarga qarang. Kimdir boshqa odamga nimadir berayapti. Ularni yoshi va narsasiga qarab gap tuzing. -에게 ... 주다/ -꼐 드리다 dan foydalaning.
Namuna:
철수가 영희에게 꽃을 주었어요.
Cholsu Yonghiga gul berdi.


4-mashq
Yozish mashqi. (쓰기)
1)Oila kecha qahvaxonaga boribdi. U yerda afitsiantga buyurtmalar berishdi. Dialogni toʻldirib chiqing.
Mavzuga oid matndan namuna sifatida foydalansangiz ham boʻladi.
2) Siz va doʻstingiz qahvaxonaga bordingiz. Dialog tuzing. Afitsiantga narsalar buyuring. Rasmdagi mahsulotlardan foydalaning. Mavzuga oid matndan namuna sifatida foydalansangiz boʻladi.

5-6-7-mashqlar eshitish mashqlari.
@korean_for_beginners