Get Mystery Box with random crypto!

PCR testni inglizcha arzonroq olsa bo'ladimi? PCR inglizcha o | Korea Express Service 🇰🇷🇺🇿

PCR testni inglizcha arzonroq olsa bo'ladimi?

PCR inglizcha olish narxi hospital va qaysi shahardan olishingizga qarab 110,000 dan 180,000 gacha.

Arzonroq olish yo’li bormi?

Seul shahrida arzonroq olish yo’li bor.

Tartibi

1. Ketishingizdan 2 kun avval yashash joyingizda 보건소 ga borib PCR test topshirasiz

2. Ertasiga natijasi SMS dan yuborilgandan keyin Test topshirgan joyingizga (구청 민원실) test natijasi sertifikatini chiqarib berishlarini so’raysiz. Koreyscha chiqarib beradi. Bepul.

3. Koreyscha sertifikatni olib (ID card va pasport bilan) quydaiga manzildagi hospitalga oborsangiz ingizchaga tarjima qilib tasdiqlab beradi.
Xizmat haqi 20,000 von oladi.

Shu sertifikat bilan aeroportda istalgan davlatga borishingiz mumkin.

Bu hospital har kuni 17:00 gacha qabul qiladi. Borishdan avval shu vaqtga moslab borganingiz yaxshi.
Bir soatda tayyor bo’ladi.

Manzil: 서울 중구 서소문로 12
Tel: 02-365-1175

Manbaa