Get Mystery Box with random crypto!

​​#viza KOREYAGA OILA A'ZOSINI MEHMON SIFATIDA TAKLIF QILISH V | KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI

​​#viza
KOREYAGA OILA A'ZOSINI MEHMON SIFATIDA TAKLIF QILISH VIZASI

Koreyada ID-kartaga ega chet ellik kishi oila a’zolarini (turmush o’rtog’i, farzandlari, ota-onasi) С-3-1 vizasi bilan Koreyaga mehmon sifatida taklif qilishi mumkin. C-3-1 mehmon vizasini olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi.

Taklifoma xati (초청장)
Kafolat xati (신원 보증서)
Taklif qiluvchining ID-kartasi nusxasi (외국인등록증 사본)
Taklif qiluvchining pasporti nusxasi (여권 사본)
Taklif qiluvchining Koreyada o’qishi yoki ishlashi haqida ma’lumotnoma (재학/재직 증명서)
– Talaba uchun: baholari haqida ma’lumotnoma (성적증명서)
– Ishchi uchun: Kompaniyaning biznes litsenziyasi nusxasi (사업자등록증)
Koreyada bank hisob raqamidagi pul (o’rtacha 20~25 million von) haqida bank ma’lumotnomasi
– Talaba uchun: Immigratsiyadan rasmiy ishlashga ruxsatnomasi nuxsasi
– Ishchi uchun: So’nggi 1 yillikdagi oylik daromadlari haqida kompaniyadan ma’lumotnoma
Koreyada yashash joyi shartnomasi nusxasi
Oila a’zosi ekanligini tasdiqlaydigan hujjat:
– Turmush o’rtog’I uchun: Nikoh guvohnomasi
– Farzandi uchun: Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma
Taklif qilinuvchining chet elga chiqish (qizil) pasporti
Taklif qilinuvchining ishlashi haqida ma’lumotnoma
Rasm 1 dona (3.5 X 4.5, oq fonda)
Viza to’lovi – 50 USD

C-3-1 vizasi uchun O’zbekistondagi Koreya elchixonasi tomonidan belgilangan agentliklarda ariza qilinadi. Viza chiqqandan boshlab 90 kun ichida Koreyaga kirib kelish talab qilinadi. Koreyaga kirib kelgan kundan boshlab 90 kun ichida Koreyadan chiqib ketish kerak.


𝙆𝙤𝙧𝙚𝙖 𝙝𝙖𝙦𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙦𝙞𝙯𝙞𝙦𝙖𝙧𝙡𝙞 𝙢𝙖'𝙡𝙪𝙢𝙤𝙩𝙡𝙖𝙧 𝙫𝙖 𝙚𝙣𝙜 𝙨𝙤'𝙣𝙜𝙞 𝙮𝙖𝙣𝙜𝙞𝙡𝙞𝙠𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖𝙨𝙞 𝙗𝙞𝙯𝙙𝙖
@KOREA_XABARLARI
@KOREA_XABARLARI
@KOREA_XABARLARI