Get Mystery Box with random crypto!

EPS tizimi asosida Koreaga kirib kelayotgan barcha E-9 ishchi | KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI

EPS tizimi asosida Koreaga kirib kelayotgan barcha E-9 ishchi vizasidagilarni umumiy med ko‘rikdan o'tishi majburiyligini bilamiz.

Shu qatorda Koreya Immigratsiyasi qonuniga binoan keladiganlarning qoni(siydik)da narkotik bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida analiz olinadi...
Afsus, may oyida kirib kelgan vatandoshimiz ID cartani rasmiylashtirish uchun Immigratsiya boshqarmasiga borganda analizida giyohvand moddasi aniqlandi.

Ha, unga yana bir imkon beriladi va qayta analiz olindi, ammo, 2-sida ham aniqlandi...

Necha yillar Koreaga kelaman deb harakatlari... xarajatlari... orzu-xavaslari... bir kunda shamdek erib ketdi...
U hozirda immigratsiya tomonidan deportatsiya markazida saqlanmoqda, O‘zbekistonga qaytarilish arafasida turibdi.

Dunyo bo‘yicha eng og'ir jazolanadigan jinoyat - bu narkotik jinoyatidir!

Ollohdan rizq - bizdan harakat!