Get Mystery Box with random crypto!

​​KOREYADA ISHCHI YETISHMASLIGI KUZATILMOQDA 2022-yil iyun oy | KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI

​​KOREYADA ISHCHI YETISHMASLIGI KUZATILMOQDA

2022-yil iyun oyi holatiga ko'ra, Koreyada bo'sh ish o'rinlari soni 230,000 tani tashkil qilgan. Bu 2018-yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Ayniqsa, kemasozlik va ishlab chiqarish sanoatlarida, shuningdek, restoranlar va chakana savdo kabi xizmat ko'rsatish sohalarida ishchi yetishmasligi ortmoqda.

Koreya hukumati bo'sh ishchilar o'rnini to'ldirish uchun quyidagi choralarni ko'rishni rejalashtirmoqda:

1. Chet eldan mehnat muhojirlari jalb qilishni tezlashtiradi va ko'paytiradi. Koreyada ishlash uchun ruxsat olgan 40,000 nafar mehnat muhojirlarini zudlik bilan Koreyaga olib kirish uchun favqulodda vaziyat rejasini ishlab chiqadi. Shuningdek, yil oxirigacha yana qo'shimcha 20,000 nafar chet ellik ishchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.

2. Ishchi kuchi tanqisligi kuzatilayotgan sanoatlarda ishlash sharoitlarini yaxshilash orqali ishchilarni bu tarmoqlarga qaytishini rag'batlantiradi.

3. Kemasozlik va ishlab chiqarish sanoatlarida ish izlayotganlarni ish beruvchilar bilan bog'lab berish uchun turli hududlarda 17 ta yangi ish markazlari tashkil qiladi.

𝙆𝙤𝙧𝙚𝙖 𝙝𝙖𝙦𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙦𝙞𝙯𝙞𝙦𝙖𝙧𝙡𝙞 𝙢𝙖'𝙡𝙪𝙢𝙤𝙩𝙡𝙖𝙧 𝙫𝙖 𝙚𝙣𝙜 𝙨𝙤'𝙣𝙜𝙞 𝙮𝙖𝙣𝙜𝙞𝙡𝙞𝙠𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖𝙨𝙞 𝙗𝙞𝙯𝙙𝙖
@KOREA_XABARLARI
@KOREA_XABARLARI
@KOREA_XABARLARI