Get Mystery Box with random crypto!

2.Green Monkey. Bahosi – 16 mln dollar Green Monkey oti 2006 y | UZBEKISTON_ULOQ_KOPKARISI🇺🇿/

2.Green Monkey. Bahosi – 16 mln dollar
Green Monkey oti 2006 yilda o‘tkazilgan auksion chog‘ida 16 mln dollarga sotildi. O‘ziga xos jihati shundaki, shuncha qimmat narxda sotilgan ot bunga qadar birorta musobaqada ishtirok etmagan, o‘zini ko‘rsatmagandi. Uning narxiga ajdodlari obro‘si katta ta'sir ko‘rsatdi.
Lekin hammasi teskarisiga ketdi va uni xarid qilganlar chuv tushishdi. Bu tulporning eng yaxshi natijasi uchinchi o‘rin bo‘ldi va bor ishlab topgan mablag‘i 10,4 ming dollardan oshmadi. Poygalarda omadi chopmaganidan keyin qulun olish maqsadida uni moda otlarga qo‘shib ko‘rishdi. Ammo bu ham bor yo‘g‘i 5 ming dollar daromad berdi, xolos.