Get Mystery Box with random crypto!

Kopiraytingda matn Matn - muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan, ma | Kopirayting 1.0

Kopiraytingda matn

Matn - muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan, maʼlum bir yoki umumiy auditoriya uchun moʻljallangan, oʻquvchini harakatga undash vazifasini bajaruvchi soʻz va iboralar yigʻindisi

Matnlar oʻz navbatida quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

Maʼlumot yoki xabar beruvchi matnlar
Bu turdagi matnlar oʻz nomi bilan mahsulot (xizmat) haqida foydali maʼlumot beradi. Koʻp hollarda mijozlar bu jarayonni shunchaki eslatma sifatida qabul qiladi va albatta bundan tashqari oʻquvchining potensial mijoz boʻlish ehtimolini ham oshiradi.

Sotuvchi matnlar
Bunday matnlardan asosan sotuv samaradorligini oshirish maqsadida foydalaniladi. Ular maʼlum formulalar yordamida potensial mijozni A nuqtadan B nuqtaga olib keladi.

Blog uchun matnlar
Biror bir soha mutaxassislari tomonidan taqdim etiladigan, oʻz shaxsiy kanal yoki sahifasini yuritish uchun moʻljallangan matnlar.

Koʻngilochar matnlar
Bunday matnlardan asosan auditoriyani kayfiyatini koʻtarish yoʻlida foydalaniladi. Koʻngilochar matnlar: har-xil boshqotirmalar, qiziqarli hikoyalar hamda kulguli voqealar boʻlishi mumkin.

@kopirayting_on