Get Mystery Box with random crypto!

Portfolio | Ikrom Azamatovich

Telegram kanalining logotibi kopirayter_ikrom — Portfolio | Ikrom Azamatovich P
Telegram kanalining logotibi kopirayter_ikrom — Portfolio | Ikrom Azamatovich
Kanal manzili: @kopirayter_ikrom
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41
Kanalning ta’rifi

Biznesingizni rivojlantirish uchun kopirayterlik xizmati va:
— Telegram kanal yuritish;
— PR maqola yozish;
— Kontent reja tuzish.
Murojaat uchun: @Ikrom_Xodjayev

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-07 21:08:49
Bir chimdim lazzat ulashing

Baʼzida issiq taomlar tanovulidan so‘ng ko‘nglimiz yoqimli taʼmga ega pishiriqlar yeyishni tusab qoladi. Ana shunday paytda yaqinlaringiz bilan issiq choy yoki qahva ustida shirinliklar yeyishga nima yetsin.

Muslim shirinliklari qandolat uyi – bu shunchaki shirinlik mahsulotlari sotiladigan maskan emas. Bu – betakror taʼm, o‘zgacha ijodiy yondashuvga ega yetakchi shirinliklar dunyosidir.

Halollik, yuqori sifat va xizmatni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar uchun Muslim shirinliklari yaxshi tanlov bo‘la oladi.

Siz uchun eng yaxshisini ilinamiz!

Murojaat uchun: +998555009797
13 viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2023-04-06 20:02:34
Tadbirkorlarga Xitoydan ajoyib yangilik

Biznesingiz uchun uskunalar olib kelishga qiynalyapsizmi? BSM kompaniyasi sizga xohlagan turdagi uskuna va mahsulotlarni arzon hamda sifatlisini topib, qulay narxlarda Oʻzbekistonga yetkazib berish xizmatlarini taklif etadi.
Bizda yana:

1) Bojxona xizmatlari

2) Deklarantlik xizmatlari ham mavjud

Agarda siz BSM kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni istasangiz biz bilan bogʻlanishingiz mumkin.

Aloqa uchun:
+998994445596
+998981075597

Biz bilan tez va oson!
17 viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:43:18
«IQ» bilan IT sohasida yangi marralarni zabt eting!

Bugungi kunda Oʻzbekistonda koʻplab dasturchilar xalqaro kompaniyalarda frilanser boʻlib ishlashi uchun chet tilini yaxshi bilmasligi asosiy toʻsiq boʻlmoqda, shuning uchun sizga ingliz tilingizni yuqori bosqichga koʻtarishni taklif qilamiz.

EDU ZONE oʻquv markazi chet tillarini oʻrgatish boʻyicha katta tajribaga ega til markazidir. Bizda kurslar 5 darajaga boʻlingan:
— Beginner
— Elementary
— Pre-Intermediate
— Intermediate
— Upper-Intermediate

Til oʻrganishning eng qiziqarli va oddiy usulini kuchli hamda tajribali oʻqituvchilar bilan sinab koʻring.

Biz bilan olamingizga yangilik kiriting!

Murojaat uchun:
+998953401212
+998951700217
45 viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2023-04-06 11:52:23 Bola emas, balo boʻlding...

Bunday koyishlar farzandingiz ruhiyatiga salbiy taʼsir qiladi. Farzandli boʻlishga boʻldingiz, endi toʻgʻri tarbiya berish haqida qaygʻurish lozim.

Bola bilan muomala sirlarini oʻrgatadigan hamda ota-onalar uchun ajoyib layfhaklar berib boriladigan kanalimizga taklif qilamiz.

Ulanib oling:
@Bola_Tarbiyasi
13 viewsedited  08:52
Ochish/sharhlash
2023-04-04 11:50:24 Ingliz tili bilan butun dunyoga yoʻl oching

Endi yoshlarimiz ingliz tilini biz bilan "bir pasda" oʻrgana oladi. Oʻquv markazimizda 30% chegirma asosida ingliz tilidan bilim olishlari mumkin. Keyin xorijliklar bilan "hello my friend, how are you?" deb gaplashib ketaverasiz.

"Buxoro school" oʻquv markazimizda IELTS dan 7,5 ball olgan malakali ustoz Mr. Alisher sizni "ingliz" qilib yuborishi mumkin.

Ha aytgancha, bizda boʻlib toʻlash imkoniyati ham mavjud.

Qabul 1-mayga qadar davom etadi. Shoshiling!

Manzil: Bekobod shahar, "Buxoro school" oʻquv markazi
Moʻljal: Korzinka roʻparasi

Murojaat uchun:
+998900222646
11 viewsedited  08:50
Ochish/sharhlash
2023-04-04 11:24:09 Savdoni oshirishning eng ishonchli 5 usuli

1. Bozorni sinchkovlik bilan oʻrganish

Tijorat oʻylamasdan qilinadigan harakatlarni хushlamaydi.

Siz zamonaviy bozordagi oʻzgarishlarni, raqobatchilaringizning muvaffaqiyat tariхi, magʻlubiyat sabablarini oʻrganishingiz va olgan ma’lumotlaringizni oʻz biznesingizga moslashtirishingiz darkor.

2. Tovaringizni reklama qiling

Ha, reklama avvalgidek savdo dvigateli, hech narsa oʻzgargani yoʻq.

Agar toʻlaqonli televizion reklama roliklarini suratga tushirish va namoyish etishga qurbingiz yetmasa, boshqa usullardan foydalaning, masalan, gazeta e’lonlari, ijtimoiy tarmoqlar, elektron maktublar, mijozlarni telefon orqali хabardor etish, flayer, vizitkalar tarqatish singari.

3. Baholar jozibali boʻlishi kerak

Ba’zi doʻkonlar tovarlarni arzon narхlarda sotib yuborishdan oldin qanday yoʻl tutishlarini bilasizmi? Ular avvaliga narхlarni, masalan, 20-40% oshirishadi-da, keyin хaridorlarni jozibador e’lonlar bilan oʻzlariga tortishadi: "Barcha tovarlarga 50% chegirma!".

Moliyaviy tomondan deyarli hech qanday ziyon koʻrmaysiz, "chegirma" soʻzi esa mijozlarni doʻkoningizga chorlay boshlaydi.

4. Koʻproq aksiyalar oʻtkazing

Koʻp хaridorlar aksiyalarni juda yaхshi koʻrishadi.

Ayniqsa, chet davlatlarda topqir va izlanuvchan ishbilarmonlar "hafta narхi", "qizgʻin taklif", "mavzuga oid kunlar", "ballarni oshirish uchun kuponlar" kabi rang-barang yoʻnalishlarga oid aksiyalari bilan dong taratishgan.

5. Kompaniya ishiga oʻzgarishlar kiriting

Aynan qaysi jihat oqsayotganiga e’tibor qarating. Savdo aylanmasi oʻzidan oʻzi tushib ketmaydi-ku aхir. Balki kompaniya ishini ortga surayotganlar erinchoq sotuvchilardir yoki tovarlar assortimenti eskirib qolganmikin, narхlaringiz raqobatchilaringizdan balandroqdir, хonalarni ta’mirlash vaqti kelmadimi, doʻkon nomini oʻzgartirish kerakdir...

Ha, yana bir narsa, savdo aylanmasi qay ahvolda boʻlmasin, 90% holatlarda uni kamida ikki karra oshirish mumkin. Buning uchun oʻrganish, izlanish va yangi gʻoyalar uchun kuniga 2-3 soat vaqt ajratish yetarli.

https://t.me/Kopirayter_Ikrom
11 viewsedited  08:24
Ochish/sharhlash
2023-04-02 16:55:14
Mantiqiy va ijodiy fikrlashzamon talabi

Mental arifmetika – bosh miyaning har ikki yarim sharini birdek rivojlantirishga xizmat qiladi. Dohiyona fikrlash va fotografik xotirani yaxshilaydi.

Bolajonlarning mana shunday xislatlarini shakllantirishga yordam berib, yaxshi daromad qilishni xohlaysizmi? 3 yillik tajriba, 100 dan ortiq shogird va koʻplab olimpiada chempionlarini tayyorlagan ustozning 15 kunlik onlayn treningida qatnashing.

Mental arifmetika xalqaro standartlarining 10,9,8,7-darajalariga oid mavzular va dars oʻtishning samarali metodikasi oʻrgatiladi. Kurs soʻnggida oʻzini koʻrsatgan ustozlarga mental arifmetika oʻquv materiallari bepul beriladi.

Kurs boshlanish vaqti: 20-aprel.
Ishtirokchilar soni cheklangan, hoziroq joyingizni band qiling.

Murojaat uchun:
@Bahora_Boqiyeva
Telefon raqam:

+998990813312
13 viewsedited  13:55
Ochish/sharhlash
2023-04-02 14:33:48 Dangasalikni yengish uchun oʻzingizni «qoʻrqiting»

Oddiy, kambagʻal insonlar keyinchalik muvaffaqiyatli insonlarga aylanishganini koʻp eshitganmiz yoki koʻrganmiz. Kambagʻal odam chorasiz qolib ketishdan, birovning qoʻliga qarab qolishdan, butun umr xorlikda yashashdan choʻchiydi va bundan qutulish uchun harakat qiladi.

Hozir yaxshi oʻqimasam universitetga kira olmayman, hozir shugʻullanmasam kuchli sportchi boʻla olmayman, hozir ota-onamni qadriga yetmasam keyin kech boʻladi kabi qoʻrquvlar bizni rivojlanishga undashi kerak.

Uyqusirab mashina haydab ketayotgan haydovchi avariya holatiga tushadigan paytda birdan tetik boʻlib qoladi, avariya boʻlmaslik uchun bor diqqatini yoʻlga qaratadi. Nega? Chunki qoʻrquv keladi.

Odamni bahaybat it quvlaganda uni tishlab olmasligi uchun baland toʻsiqlardan oshib oʻtib ketadi. Nega? Chunki qoʻrquv kuchli boʻladi.

Koʻryapsizmi, qoʻrquv bizni nimadir qilishga undovchi kuchli motivatsiya.

Siz ham oʻzingizni QOʻRQITING. Hozir harakat qilmasangiz ertaga nimalardan mosuvo boʻlishingiz haqida oʻylab koʻring.

https://t.me/Kopirayter_Ikrom
12 viewsedited  11:33
Ochish/sharhlash
2023-03-31 19:24:00 Мақсадга эришиш йўлидаги 5 қоида

1. Аниқлик

Мақсадингиз шунчалик аниқ бўлиши керакки, унга ўзингиз ҳам тушунинг ва нимага интилаётганингизни доим ёдда тутинг. Шунда қилаётган ишларингизда ўсиш бор ёки йўқлигини билиб турасиз.

2. Қийинчилик
Мақсадингизга эришиш йўлидаги қийинчилик воз кечишга эмас, янада қизиқишингизни оширишга хизмат қилишига ишонинг.

3. Ишонч
Кўзлаган натижангизни эришса бўладиган деб ҳисобланг ва ундан воз кечманг. Олға интилиш учун нега қаттиқ меҳнат қилишингиз кераклиги ҳақида сизни ишонтирувчи сабаблар топинг ва ёдда сақланг.

4. Фикрлар
Бажарган ишларингиз учун яқинларингиз фикрини билишга харакат қилинг. Ўсиш даражангизни ва тажрибангизни назорат қилинг.

5. Мураккаб иш
Агар мақсадингизга эришиш ўта мураккаб бўлса, у ҳолда уларни қисмларга бўлиб амалга оширишга киришинг.

https://t.me/Kopirayter_Ikrom
12 viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2023-03-30 18:31:10 Diqqat! Depressiya haqida gaplashamiz

Depressiya - uzoq vaqt mobaynida o‘ta tushkun kayfiyat, fikrlar karaxtligi va har qanday ongli faoliyatga bo‘lgan intilishning so‘nishi bilan kechuvchi kasallikdir. Ayollar erkaklarga qaraganda 2 barobar ko‘proq depressiyaga chalinishadi.

Ushbu dardga chalinmaslikning yoʻli uyda, ishda, jamoada sog‘lom ruhiy muhitni yaratish, bir biriga yaxshilik istagi va o‘zgalarga quvonch baxsh etish inson umrini uzaytiradi.

Xafagarchilikni tezda yoddan chiqarish, kek saqlamaslik, ehtiroslarni tiya bilish asab tizimini mustahkamlaydi.

Asabiylashish tufayli paydo bo‘lgan adrenalin (energiya)ni mushaklarga berish lozim, shunda asab tolalari va qon tomirlar himoyalanadi.

Musiqa va she’riyat insonning so‘z orqali ifodalay olmagan nozik tuyg‘ularini ifoda etadi va tanaga orom bag‘ishlaydi.

Chin kulgu miyani chiqindilardan tozalab, kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilaydi, ruhiyatni tetik va yengillashtiradi, kayfiyatni ko‘tarib, taranglashishni kamaytiradi.

Ertalab odatdagidan 10 daqiqa oldin turing, kiyadigan kiyimlar, zaruriy ish qog‘ozlari, hujjatlarni yotishdan oldin tayyorlab qo‘ying va hakozo.

Xotirangizga ishonmang, kundalik tuting va eng asosiy ishlarni yozib boring.

Bugungi ishni ertaga qo‘ymang, bu stress chaqiradi.

Zerikarli, hayotdan noliydigan insonlardan yiroq bo‘ling.

7-8 soat to‘yib uxlang.

Kechirimli bo‘ling, unuting, shikoyat, arz qilmang, baqirmang, odamlardan nolimang, ularning xarakteri va imkoniyatlari har xil ekanini tushuning.

Faqat yaxshi niyatda yuring, fikringiz ezguliklar bilan band bo‘lsin.

https://t.me/Kopirayter_Ikrom
12 viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash