Get Mystery Box with random crypto!

«Bu ruchkani menga soting» (sell me this pen) “The wolf of Wa | Portfolio | Ikrom Azamatovich

«Bu ruchkani menga soting»
(sell me this pen)


“The wolf of Wall Street” filmida Leonardo DiCaprio professional sotuv mutaxassisi Jordan Belfort rolini ijro etgan. Filmda Leonardo DiCaprio xonada oʻtirgan sotuvchilarning har biriga ruchka beradi va bu ruchkani oʻziga sotishini aytadi. Xonada deyarli hamma sotuv suhbatini “Bu zoʻr ruchka, bu ruchka bilan siz…” deb ruchka haqida gapirib ketishdan boshlaydi. Va oʻz-oʻzidan barcha javoblar DiCaprio tomonidan rad etiladi.

Aslida, bu savol sizga berilganda…
Qanday javob berish kerak?
Bu savolga Jordan Belfortning oʻzi quyidagicha javob beradi:
“Agar men kimgadir ruchka sotishim kerak boʻlsa, unga ruchkani taklif qilishdan oldin, u insonning oʻzi va uning ehtiyojlari haqida ma’lumotga ega boʻlish uchun unga bir nechta savollar bergan bo’lardim.

Sotuv mutaxassislari ruchkani sotishga urinishdan oldin, ular mendan savollar soʻrashlarini xohlagan boʻlardim. Tajribasiz sotuvchilargina toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga harakat qilishadi.

Professional sotuv mutaxassislari…
Savollar berish va ehtiyojni aniqlash orqali potensial mijozni sotuvga tayyorlashadi va keyin sotishadi.

P.S. Sizning xizmat va mahsulotlaringizga qiziqish bildirgan odamlarga shunchaki narxni aytish sotuvlaringizni kafolatlashiga ishonsangiz koʻp narsa yoʻqotishingizga ham ishoning.